10 aprelga ötar keçasi boks olamida 2016 yilning eng munosib janglaridan bir neçasi bölib ötdi deyiş mumkin. Afsonaviy Menni Pakyao Timoti Bredli ustidan ğalaba qozonib, faoliyatini yakunlagan bölsa, Entoni Joşua oğir vaznda yangi jahon çempioni böldi. Jilberto Ramires esa, superörta vaznda çempionlik kamari sohibiga aylandi.
Aytiş mumkinki, filippinlik boks yulduzi Menni Pakyao va amerikalik Timoti Bredli örtasidagi jang, nafaqat, MGM Grand saroyida uyuştirilgan keçaning, balki boks olamida uşbu yildagi eng yaxşi janglaridan biri böldi. Mutaxassislarning Menni borasida bildirgan taxminlari ham özini oqlamadi, u ajoyib janglaridan birini ötkazdi.
Ilk uç raund birmunça zerikarli boşlangan bölsa-da, törtinçi raunddan Mennining ustunligi közga taşlana boşladi. U bir neça kombinatsiyalarni muvaffaqiyatli yakunladi.

Beşinçi raunddan tomoşabinlar haqiqiy boks jangining guvohi bölişdi. Bu safar ham Pakyao raqibiga aniqroq va jiddiyroq zarbalar berişga erişdi. Garçi, oltinçi raundda Bredli öz hisobini töldirişga urinib körgan bölsa-da, zarbalarining aksari filippinlikning mudofaasiga duç keldi.

Yettinçi raundning oxirlarida Pakyao birinçi marta raqibini nokdaun holatiga tuşirdi. Amerikalik tezda örnidan tura oldi, ammo hakam hisobni oçişga ulgurgandi. Bundan biroz qizişgan Bredli raqibiga taşlandi, ammo Mennining jiddiy qarşiligiga uçradi. Menni raqibini ikkinçi marotaba ringga qulatdi. Şu bilan filippinlik öyin taqdirini deyarli hal qilib bölgandi.
Bredli oxirgi raundlarda birmunça oldinga taşlanişga harakat qilib kördi, ammo tajriba öz sözini aytdi. Pakyao hamon aniqroq harakat qilib, öyinni öz foydasiga hal qildi. Barça hakamlar bir xil — 116:110 hisobini qayd etişdi.
Afsonaviy boksçi, sakkiz vazn toifasida jahon çempioni, top-5talikda turuvçi boksçilardan birini çiroyli mağlub etiş bilan özining sportdagi faoliyatini yakunladi.

Pakyao salkam 15 yil davomida vazn toifasidan qat'i nazar dunyoning eng kuçli boksçilaridan biri bölib keldi. Ayni şu maqomda u professional boksni tark etdi. Öz faoliyatini, şon-şuhratning eng yuqori çöqqisida yakunladi, bu esa, albatta hurmatga sazovor işdir.









