Ozarbayjon va Armaniston hukumatlari özaro qurolli töqnaşuvlar vaqtida halok bölgan harbiylarining jasadlarini almaşişdi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.
"Xalqaro taşkilotlar vositaçiligi orqali tuzilgan kelişuvga köra, tomonlar 10 aprel kuni çegara hududida harbiy töqnaşuvlar vaqtida halok bölgan harbiylarning tanalarini bir-biriga qaytardi", deyiladi Ozarbayjonning asirlar, garovdagilar va bedarak ketganlar böyiça davlat komissiyasi xabarida.
Davlat komissiyasi xodimining aytişiça, tanalarni almaşiş vaqtida armanlar öt oçişni töxtatiş tartibini buzgan.
Bundan oldinroq, Toğli Qoraboğ hududida ötgan hafta davomida röy bergan qurolli töqnaşuvlar vaqtida halok bölganlarning jasadlarini qidiriş işlari töxtatilgani ma'lum qilingandi.






