10 aprelda Peruda prezident va parlament deputatlari saylovlari boşlandi.

Peru prezidenti lavozimiga 10 nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ulardan asosiy nomzod 3 kişi bölib, ular: korrupsiya va jinoyatlar uçun turmada jazo ötayotgan sobiq prezident Alberto Fuximorining qizi Keyko Fuximori (öng pozitsiya), sobiq boş vazir Pedro Kuçinski ("Peruliklar özgarişlar uçun" koalitsiyasi) va "Keng front" söl koalitsiyasi vakili Veronika Mendos.

Şuningdek, nomzodlar orasida mamlakatning ikki sobiq prezidenti – Alan Garsiya va Alexandro Toledo ham bor. E'tiborlisi, saylovlarda davlat mablağlarini xarjlagani uçun dastlabki hibsda bölgan Gregorio Santos ham iştirok etmoqda. Hozirça u böyiça yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Mamlakatning saylov qonunçiligiga köra, saylovlarning 1-bosqiçida 50 foiz va yana bir ovoz töplagan nomzod ğalaba qozonadi. Biroq ekspertlarning fikriça, bu saylovlarda 2-bosqiç ötkazilişi ehtimoli katta. 2-bosqiçga 1-bosqiçda eng köp ovoz töplagan 2 nomzod çiqadi. Bu holda 2-bosqiç 5 iyunda ötkaziladi.

Jamoatçilik fikri sörovnomasining körsatişiça, 2-bosqiçda kuraş Keyko Fuximori va Pedro Kuçinski orasida bölişining ehtimoli katta.

Peruliklar prezidentdan taşqari, yana ikki vitse-prezidentni, kongressning 130 a'zosini va And parlamentining 5 deputatini saylaydilar. Peruda saylovlarda 18 yoşdan 70 yoşgaça barça fuqarolar iştirok etişi şart, saylovçilarning umumiy soni 22,9 mln kişini taşkil qiladi.