Angliyaning «Mançester Siti» yarimhimoyaçisi Samir Nasri «şaharliklar» yangi boş murabbiyi Xosep Gvardiolaning jamoada iş boşlaşini kutayotgani borasida gapirib ötdi.
«Ilgari uning jamoasiga qarşi öynagandim. Öşanda u meni ozgina bölsada e'tirof etgan. Lekin bu beş yil oldin sodir bölgandi.
Gvardiola jamoada iş boşlaydigan paytda men eng kuçga tölgan davrda bölaman va öylaymanki bu menga katta yordam beradi. Men bor kuçim bilan harakat qilaman. Uzoq vaqt maydonga tuşa olmasang va keyin yana safga qaytsang, özingni öyinga taşna his qilasan, şunda vaqtni şunçaki sarflaşni xohlamaysan. Tarkibdan joy oliş uçun şov-şuv kötarib qaytişni istaysan.
Agar men Gvardiolaga kerak bölsam va uning jamoasida qolsam, u baxtiyor odamga aylanadi, çunki men öyinga juda taşna holatda bölaman.
Men uning falsafasiga, öyin uslubiga töğri keladigan öyinçi ekanimni bilaman, şunday ekan köramiz. U ajoyib murabbiy, balki dunyoning eng kuçli murabbiyi ham bölişi mumkin. Uning rejalarida bölsang ajoyib, agar kira olmay qolsang – yaxşi emas.
Albatta, men jamoada qolişni istayman, şuning uçun ham şartnomamni 2019 yilga qadar uzaytirdim. Ammo men futbolçiman va öynaşni istayman. Agar sen zaxira örindiğida ötiradigan bölsang, 25 yillik şartnoma tuzişdan foyda yöq. Faqat öynasagina bu foydali», – deya ta'kidlagan Nasri.
Samir Nasri: «Agar Gvardiola meni jamoada olib qolsa, men uni xursand qilaman»
14:41 / 11.04.20162 1172 min






