TechCrunch naşrining xabariga köra, Facebook kompaniyasi Messenger uçun çat-botlarni yaratişda işlatiladigan dasturni taqdim etadi. 12 va 13 aprel kuni bölib ötadigan F8 konferensiyasida platforma va API taqdim etiladi.
Facebook tayyorlayotgan botlarni yaratiş uçun möljallangan platforma tadbirkorlik sohasi uçun yönaltirilgan böladi. U standartlaştirilgan baza asosida mijozlar bilan öz texnologiyalaridan foydalanmagan holda kommunikatsiya tizimini yaratişga yordam beradi. Botlar nafaqat matn şaklida, balki suratlar va yöllanmalarni öz içiga olgan “tuzilmali xabarlarni” yubora oladi.
Bundan taşqari, Facebook “jonli çat” veb-planiglari ustida iş olib bormoqda. Ular tadbirkorlar va mijozlar örtasidagi muloqot jarayonini tezlaştirişga yordam beradi. “Jonli çat” tugmalari kompaniyaning saytlarida joylaşgan böladi, ular Messenger dasturi orqali iste'molçilar muloqotini ta'minlaydi.
Bundan avvalroq, Microsoft kompaniyasi botlarni yaratişda foydalaniladigan dasturini taqdim etganligi haqida xabar berilgan edi.







