2010 yilning 10 aprel kuni Smolenskda halokatga uçragan Tu-154M samolyoti uçuvçilari ogohlantirişlarni inkor etişgan. Bu haqda Polşa telekanali TVN24 da ma'lum qilişgan.

Ma'lum qilişlariça, telekanalda uçuvçilar xonasidan yozib olingan yozuv qöyib eşittirilgan.

“Yangi versiya yordamida 30-40 foiz qöşimça ma'lumot olişga muvaffaq bölindi. Uçuvçilar xonasidan yozib olingan yozuvdan şuni anglaş mumkinki, uçuvçilar bir neça bor ogohlantirilişlariga qaramay, xavfni inkor etişgan”, — deyildi telekanalda.

Halokatdan 16 daqiqa oldin uçuvçilar boşqa bir samolyot — Yak-40ning uçuvçilaridan ogohlantiriş olişadi. Yak-40ning uçuvçisi Tu-154M dagi hamkasblarini agar Smolenskda qöna olişmasa, Moskva va yoki yana boşqa joyga uçib ketişlarini söraydi.

Ma'lumot uçun: Tu-154 layneri 2010 yilning 10 aprel kuni Smolenskda halokatga uçragan edi. Bortdagi barça — Polşa prezidenti Lex Kaçinskiy, uning rafiqasi va hukumat delegatsiyasining 86 a'zosi halok bölgan edi.