Buyuk Britaniyaning moliyaviy konglomerati Standard Chartered Plc Osiyo mintaqasidagi mavjud qimmatli qoğozlarini 4,4 mlrd AQŞ dollariga sotişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi öz manbalariga tayangan holda xabar bergan.
Xabar qilinişiça, moliya muassasasi Hindistondagi 1,4 mlrd dollarga yaqin "yomon" kreditlar portfelidan voz keçmoqçi. Bundan taşqari, bank Xitoy, Indoneziya va Malayziyadagi boşqa aktivlarini ham sotişni boşlagan.
Standard Chartered XIX asrda, Afrika va Hindistonda moliyaviy amaliyotlarni ötkaziş maqsadida taşkil etilgan. Uning Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi daromadi umumiy foydasining 75 foizini taşkil etadi.
Standard Chartered Plc 2015 yilda, 1989 yildan beri eng yirik zarar körgani xabar qilingan edi.






