Özbekiston va Qozoğiston yuk taşiş hajmini oşiriş maqsadida moslaşuvçan tarif siyosatini davom ettiriş haqida kelişib oldi. Bu haqda «Qazaqstan temir joli» MK matbuot xizmati xabar tarqatgan.

2016 yil 8 aprel kuni «Qazaqstan temir joli» MK AJ kompaniyasi prezidenti Asqar Mamin boşçiligidagi delegatsiya Özbekistonga işçi taşrif bilan kelgan.

Işçi taşrif davomida delegatsiya rahbari Asqar Mamin Özbekiston boş vaziri örinbosari Botir Zokirov, Taşqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri Elyor Ğaniyev va «Özbekiston temir yöllari» AJ boşqaruv raisi Oçilboy Ramatov bilan tegişli masalalarni, xususan transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada östiriş masalalarini muhokama qilgan.

Tomonlar Qozoğiston va Özbekiston örtasida yilning birinçi çoragida temir yöl orqali yuk taşiş hajmi ortganini e'tirof etişgan.

"Yuk taşiş hajmini oşiriş maqsadida moslaşuvçan tarif siyosatini yurgizişga kelişildi. Şuningdek, don, un, boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlari, paxta tolasi, mineral öğitlar, rangli metallar va boşqa yuklarni taşiş uçun tranzit tariflar böyiça çegirmalar taqdim etiş ehtimolini körib çiqildi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Qayd etilişiça, tomonlar ikki mamlakat korxonalari işlab çiqargan temir yöl transportiga möljallangan mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça özaro manfaatli hamkorlikni davom ettiradi.

Yakunda Özbekistonga temir yöl orqali Qozoğiston işlab çiqaruvçilari mahsulotlarini yetkazib beriş böyiça tegişli Bayonnoma imzolandi.