Bugun, 12 aprel kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur şahrida 2018 yilgi Jahon çempionatiga saralaşning uçinçi bosqiçi uçun qur'a taşlaş marosimi bölib ötdi.
Qur'a natijalariga köra, Özbekiston “A” guruhidan örin oldi. Milliy terma jamoa uçinçi bosqiç davomida Eron, Janubiy Koreya, Xitoy, Suriya hamda Qatar terma jamoalari bilan 2ta yöllanma uçun kuraş olib boradi.
Marosimda iştirok etgan Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan Özbekiston futbol federatsiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida qur'a natijalari va saralaşning uçinçi bosqiçi borasidagi fikrlari bilan örtoqlaşdi.
"Bugun muhim kun edi. Muhimligi, bizning guruhga qanday darajadagi raqiblar tuşgani e'tiboridan emas. Bu bosqiçda osonlik bilan yengiş mumkin bölgan raqibning özi bölmaydi – aynan raqiblar nomlarini bilib oliş va şu kun, mana şu daqiqadan tayyorgarlikni boşlaş, guruhimizdagi jamoalarni örganiş jarayoniga kirişiş nuqtai nazaridan kelib çiqib aytyapman.
Mana endi biz keyingi bosqiç tayyorgarligiga tölaqonli kirişişimiz, raqib jamoalar öyinlarini tahlil etişni boşlaşimiz, örtoqlik öyinlari ötkaziş uçun saralaşdagi raqiblarimiz darajasi, öyin saviyasiga yaqin jamoalar tanlaşimiz mumkin.
Şu örinda muxlislarga ham murojaat qilmoqçiman: Biz har bir öyinimizda sizlarning qöllab-quvvatlaşingizni, madadingizni, kömagingizni his qilib turdik. Futbolçilar ham ayniqsa sönggi öyinlarda sizlarni baxtiyor qiliş uçun bor kuçlarini işa solib harakat qilişdi. Şunday qöllab-quvvatlaşdan, şunday kömakdan keyingi bosqiçda ham umid qilib qolamiz. Öz navbatida biz yigitlar bilan özbek futboli oldida turgan asosiy vazifa – Rossiyada bölib ötadigan Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritiş uçun bor imkoniyatimizni işga solamiz. Bu bizning qölimizdan keladi deb öylayman. Buning uçun bizda yetarliça mahoratli futbolçilar bor. Özbekiston futbol federatsiyasi tomonidan jamoa heç narsaga muhtoj bölmasligi uçun, kerakli barça şaroitlar yaratib berilyapti.
Raqiblarga keladigan bölsak, ularning heç biri bu yergaça tasodifan yetib kelmadi. Guruhda bir-biriga munosib jamoalar yiğilgan. Yaqqol favoritlar yoki autsayderlar yöq. Hozir har bir öyinga hayotimizdagi eng muhim öyindek munosabatda bölişimiz kerak. Har bir öyin alohida syujyet, alohida tarix. Biz uçun eng asosiysi - ayni vaqtda birinçi öyinda ğalaba qozonib oliş", - deydi Samvel Babayan.







