11 aprel kuni Qirğiziston boş vazirligidan iste'foga çiqqan Temir Sariyev siyosiy faoliyatini davom ettiriş istagida ekanini aytib ötdi.
Hukumatdagi koalitsiya rahbari hisoblangan Sariyev iste'foga çiqar ekan, "işni topşirişdan qoçmasligi, biroq halol işlagani va heç qaçon tuban siyosiy fitnalarda iştirok etmaganini isbotlamoqçiligini" aytib ötgandi.
"Men uçun davlat manfaatlari hamma narsadan ustun. Bu tamoyilga doim amal qilaman va barça asossiz ayblovlarni mehnatim bilan inkor etişga tayyorman", deya ta'kidlagan sobiq vazir.
Qirğizistonda katta ta'sirga ega siyosiy kuç bölmiş "Ak-Şumkar" partiyasi yetakçisi hisoblanadigan bu siyosatçi 2005 yilgi va 2011 yilgi inqiloblar taşkilotçilari qatorida bölgandi. Uning nomi 2017 yilgi prezidentlik saylovida qatnaşadigan ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga olinardi.
"Men siyosiy faoliyatimni davom ettiraman. Oldinda köplab rejalar va amalga oşirilişi kerak bölgan loyihalar turibdi. Hozir mamlakatdagi barça ilğor kuçlar oldinga qaraşi kerak... Men öz rejalarimni mamlakat manfaatlari bilan uzviylikka yönaltiraman", deydi Sariyev.
Sariyev 2015 yilning aprelida boş vazir lavozimiga tayinlangandi.
Bir neça kun avval mamlakat transport va kommunikatsiyalar vaziri Arğinbek Malabayev boş vazir va uning atrofidagilarni Baliqçi—Korumdu avtoyöli qurilişi tenderini ötkazişda Xitoy kompaniyalaridan biri manfaatlarini közlaganlikda ayblagandi. Mazkur ayblov tafsilotlarini örganiş uçun deputatlarning maxsus komissiyasi tuzilgan va uşbu komissiya parlamentga 13 aprel, çorşanba kuni Sariyevga işonçsizlik bildiriş masalasini qöyişni tavsiya qilgandi.
Parlament koalitsiyasi raisi Çininbay Tursenbekov "madaniyatli mamlakatlarda, bunday holatlarda, odatda, boş vazir iste'foga çiqişi"ini eslatib ötgandi. U navbatdagi boş vazir böliş uçun asosiy da'vogar hisoblanadi.






