Joriy qilingan yangi tartib haqda Toşkent şahar Davlat soliq boşqarmasi boşliği örinbosari Azim Hakimov ma'lumotiga asoslanib, “Darakçi” naşri xabar bermoqda.
2016 yilning 1 yanvaridan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği stavkalarida soliq solinadigan daromadning ikkinçi şkalasi 2015 yildagi 8,5 foizdan 1 foizli punktga kamaytirilib, 7,5 foiz qilib belgilandi va qolgan stavkalar 2015 yil darajasida saqlanib qolindi.
Şunga köra, jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği 2016 yil 1 yanvardan boşlab ösib boruvçi tartibda soliq solinadigan daromadning eng kam iş haqining bir baravarigaça «0» foiz, eng kam iş haqining bir baravaridan (+1söm) beş baravarigaça miqdorga 7,5 foiz, beş baravaridan (+1söm) ön baravarigaça miqdorga 17 foiz, ön baravaridan (+1söm) va undan yuqori miqdorda — 23 foiz stavkada qöllaniladi.
Soliq solinadigan daromadlar guruhlari böyiça soliq soliş şkalasi yil boşida 2016 yilning 1 yanvarida belgilangan eng kam iş haqi miqdorida, ya'ni 130 240 sömdan kelib çiqib aniqlanadi hamda eng kam iş haqi miqdori yil davomida özgarganda qayta körib çiqilmaydi.






