Fransiya taşqi işlar vazirligi Suriyadagi parlament saylovlarini Asad rejimi taşkil etgan soxtakorlik, deb baholadi. Reuters agentligining xabarlariga köra, tölaqonli saylovlar Suriyaning yangi konstitutsiyasi qabul qilingandan keyingina ötkazilişi mumkin. Rasmiy Parijning nuqtai-nazari şundan iborat.

«Fransiya Başar Asad hukumati taşkil etgan saylovlarni tanqid qiladi. Ovoz beriş jarayoni taşviqotsiz bölib ötmoqda. Bundan taşqari, saylovlar xalqaro kuzatuvçilar nazoratidan xoli», —deb qayd etgan Fransiya TIV matbuot kotibi Romen Nadal.

13 aprel kuni Suriyada 7 mingta saylov uçastkalari oçilgani, parlamentning yangi tarkibini aniqlab oliş uçun ovoz beriş jarayonini yoritiş maqsadida, Damaşqda media-markaz faoliyat yuritayotgani xabar qilingan edi.

Avvalroq, Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov saylovlardan maqsad Suriyadagi qonun çiqaruvçi organ örnini töldirişdan iboratligini aytgan edi.