Xalqimizda “Birni körib fikr qil, birni körib şukr qil”, degan serhikmat maqol bor. Şundan kelib çiqib, hozirgi tahlikali dunyoning qator mamlakatlarida kuzatilayotgan turli tös-töpolonlar, tartibsizliklar negiziga e'tibor beradigan bölsak, ularda davlatning ösib-unib kelayotgan yoşlarga, ularning hayotdagi qiziqişlari, huquq va manfaatlariga e'tiborsizligi, ulardagi yoşlarga oid siyosatning hozirgi zamonning yangi tahdidlariga javob bera olmasligi oqibatini köriş mumkin.

Ayniqsa, yoşlar tarbiyasi, ularni iş bilan band qiliş, soğlom turmuş tarziga örgatiş öz holiga taşlab qöyilgani açinarli, albatta. Bunday mamlakatlarda davlat va yoşlar örtasida uziliş paydo bölganligini kuzatiş mumkin. Köpgina muammolarning zamirida zamon talab qilgan aniq bir kasb-hunarga ega bölmaslik va natijada, işsizlik, bekorçilik yotadi.

Bugungi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlangan asrda kimlardir bu texnologiyalarni bunyodkorlik, ilm-fan, taraqqiyot yölida qöllasa, kimlardir ijtimoiy tarmoqlar orqali millionlab ongi mört, hayotda mustaqil fikrlaşga, pozitsiyaga ega bölmagan yoşlarni törga tuşiriş va öz qabih maqsadlarini amalga oşiriş yölida foydalanmoqda. Maqsad — yoşlar qalbini egallaş, muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoxud xalqning ongiga, uning sezgi-tuyğulariga ta'sir ötkaziş, uni öz dunyoqaraşiga böysundiriş, ma'naviy jihatdan zaif va tobe qiliş. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi esa har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan köra dahşatlidir.

Jahondagi vaziyatni tahlil qilgan kuzatuvçilarning fikriça, bugungi kunda ğarblik yoşlarning oyoqqa turib olişlari, hayotda öz örinlarini topişlari qiyin keçmoqda. Bunga birinçi örinda axborot aybdor ekani aytiladi. Bugun dunyoga kelgan bolalarni tuğuruqxonaning özidayoq ommaviy axborot maydoni kutib olmoqda. Axborot şu qadar tezlikda harakatlanmoqdaki, uning oqimini töxtatib qolişning imkoni bölmayapti. Bu oqim yölida uçragan hamma narsani, hatto axloq, odob, ma'naviyat, ezgulik kabi qadriyatlarni, yoşu qarini “oqizib ketmoqda”. Axborot yangi avlodga qarşi ommaviy qirğin quroli ekani tan olinadi. Buni barça tuşunib, anglab yetgan, ammo uning kuçiga qarşi kuraşişga hamma ham jazm qila olmaydi. Xorij telekanallaring deyarli har bir körsatuvida ur-yiqitlar namoyiş etiladi. Bolalar “zörlik”, “otişma”, “qotillik”, “sotqinlik, “ifloslik” kabi illatlar aks etgan körsatuv, film va tok-şoularni kun böyi tomoşa qilar ekan, ular qanday inson bölib voyaga yetadi, degan savolni beradigan vaqt yetib keldi.

Bugungi kunda “jahon tarmoği”, “örgimçak töri”, “axlatxona” nomini olişga ulgurgan internet oldida televideniye, radio va matbuot asta-sekin ikkinçi öringa tuşib borayotgandek. Kuzatuvçilarning internetni axlatxona deyişlarida jon bordek. Unga yaxşi axborot ham, yomon axborot ham joylaştiriladi. Internetdan istagan narsangizni topişingiz mumkin. Internet yomonlikdan köra yaxşilikka xizmat qilişi uçun harakat qiliş va bolalarni şu yölda tarbiyalaş kerak. Ğarblaşayotgan zamonaviy yoşlarning “ğariblaşişiga” yöl qöymasligimiz lozim.