Gretsiya boş vaziri Aleksis Tsipras Yevropa davlatlari böylab rejalaştirilmagan safarga çiqmoqda. Çorşanba kunidan boşlab u Parij, Strasburg va Bryusselga taşrif buyuradi. Bu haqda grek hukumati matbuot xizmati xabar qilgan.
RIA Novosti agentligi öz manbalariga tayangan holda xabar qilişiça, boş vazirning mazkur safari kreditorlar bilan muzokaralarning boşi berk köçaga kirib qolişi bilan boğliq. Bundan taşqari, grek islohotlarini baholaşning çözilib ketişi ham Aleksis Tsiprasning amaliy çoralar körişiga sabab bölmoqda. Aks holda, mamlakatga navbatdagi kredit tranşi berilmasligi mumkin.
Bugun keçqurun Tsipras Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan amaliy uçraşuv ötkazadi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilişiça, bundan avval, Ollandning Tsipras bilan uçraşuvi rejalaştirilmagandi.
14 aprel kuni Gretsiya boş vaziri işçi tuşlik vaqtida Yevropa parlamenti raisi Martin Şults bilan Strasburgda muloqot ötkazadi.
Şundan söng, Tsipras Bryusselga otlanib, Aksel Şpringer jamğarmasida uyuştiriladigan işçi keçki nonuşta vaqtida "Grek iqtisodiyotining hozirgi ahvoli va istiqbollari" mavzusida ma'ruza qilişi belgilangan.
Aytiş joizki, Gretsiya tomoni uşbu uçraşuvga bir yarim oy mobaynida tayyorgarlik körgan. Ma'lumki, Şpringer matbuoti grek hukumati siyosatining keskin tanqidçilaridan hisoblanadi.
RIA Novosti agentligining xabarlariga qaraganda, Tsiprasning Olland va Şults bilan muzokaralarida kreditorlar bilan boğliq masalalar muhokama etiladi.
Eslatib ötamiz, Xalqaro valyuta jamğarmasining bahorgi sessiyasi munosabati bilan Gretsiyaga kredit ajratiş böyiça muzokaralar 18 aprelga qadar töxtatilgan edi. Islohotlarni baholaş keçikib borayotgani tufayli, Afina davlat qarzlarini tölaş muddati yetgan vaqtda kreditsiz qolişi mumkin.
Kreditorlar Tsipras hukumatidan mablağlarni iqtisod qilişda yanada jiddiyroq çoralar körişni talab qilmoqda.






