Xalq hofizi Şerali Jörayev bugun 69 yoşni qarşi oldi. Diltor qöşiqlari bilan xalq könglidan joy olgan Şerali Jörayev 1947 yilning 12 aprelida Andijon viloyatida tavallud topgan.

U 1971 yilda Mannon Uyğur nomidagi Toşkent Davlat san'at institutini tamomlagan. Ijodi davomida Jörayev taniqli özbek şoirlari bitgan şe'rlardan foydalanib, mingdan ortiq qöşiqlar yaratgan.

1990-1995 yillarda Özbekiston Respublikasi parlamenti kengaşida deputat lavozimida faoliyat olib borgan.

U “Bola zamin hazratidir” nomli kitob muallifi.

Şerali Jörayevning “Birinçi muhabbatim” (Abdulla Oripov şe'ri), “Bahor ayyomi” (Bobur ğazali), “Izlangiz” (Alişer Navoiy ğazali), “Dildorga noma yozdim”, “Özbegim” (Erkin Vohidov şe'ri), “Muqaddas ayol” (Xalima Xudayberdiyeva şe'ri), “Gulbadan” kabi qöşiqlari uni elga tanitgan.