Suriya fuqarolarining mamlakat qonun çiqaruvçi organi uçun saylovlarda iştirok etişlari uçun ovoz beriş punktlari oçildi, deb xabar qilmoqda SANA (Suriya arab axborot agentligi) agentligi.
7 mingdan ortiq saylov uçastkalari ertalab, mahalliy vaqt bilan soat 7dan (Toşkent vaqti bilan soat 9:00) faoliyatini boşlagan.
Saylov uçastkalari keçki soat yettigaça saylovçilarni qabul qiladi. Ovoz beriş jarayoni, markaziy saylov komissiyasi qaroriga köra, soat 5:00da yakunlanişi mumkin.
Mazkur siyosiy jarayonni yoritiş maqsadida Damaşqdagi Sheraton mehmonxonasida media-markaz ham taşkil etilgan.
AQŞ davlat departamenti matbuot kotibi Mark Toner Suriya parlamenti uçun saylovlarni mamlakatdagi vaziyatni hisobga olganda, noörin ötkazilayapti, deb hisoblagan edi.






