«PSJ» jamoasi himoyaçisi Tiago Silva YeÇLning çorak finalida Angliyaning «Mançester Siti»ga qarşi javob öyini arafasida jurnalistlarga intervyu bergan.

U intervyusida öz jamoadoşi Zlatan Ibrahimoviçga ingliz jamoalaridan qiziqiş borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirgan.

«U mening döstim. U özining 34 yoşida ham faoliyatidagi eng yaxşi mavsumni ötkazmoqda. Bu dunyoda qiyosi yöq futbolçi. Albatta, men uning jamoada qolişini istayman. Men jamoamizni usiz tasavvur eta olmayman.

Unga Angliyadagi bir qator jamoalardan takliflar borligini bilaman, APL dunyoning eng yaxşi va kuçli ligasi. Lekin menimça, hozir APLda «PSJ» darajasidagi jamoa yöq.

Menimça, u Angliyadagi jamoalardan biriga ötsa, orqaga qadam taşlagan böladi», – deydi Tiago Silva.