Yaponiyaning Fukusima prefekturasida joylaşgan Vaseda şahrida gapira oladigan, Pepe (Pepper) ismli gumanoid robot örta maktabga qabul qilindi.
"Uşbu kibernetika uskunasi jahonda ilk marta öquvçilar bilan birga ta'lim oladi", deyiladi TASS agentligi xabarida.
Şu munosabat bilan maxsus marosim ötkazilib, öquvçilar robot bilan muloqot qiliş imkoniyatidan köproq foydalanişga çaqirildi. Bu esa ularning kelajak hayotlarida qöl keladi.
Pepening özi esa, "insonlar maktabiga qabul qilinişini xayoliga ham keltirmagan"ini aytar ekan, "bor kuçi bilan ta'lim oliş"ga va'da berdi.
Uşbu qurilma nafaqat yaponça, balki ingliz tilida ham sözlaşa oladi. Şu bois uning yordamidan asosan ingliz tili darslarida foydalaniş rejalaştirilgan.
Pepper Yaponiyaning Softbank Corp mobil aloqa kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan. Bu kabi uskunalar hozirça bank va dökonlarda mijozlarga xizmat körsatiş maqsadida işlab çiqarilmoqda.
Ötgan yilning iyun oyida Pepper robotlarining mingtasi 214 ming iyen (1,9 ming dollar) narxda bir daqiqa içida xarid qilib olingandi.
Işlab çiqaruvçilarning ta'kidlaşlariça, robotga köp miqdorda kamera va axborot uzatgiçlar örnatilgan. Şu sababli, u insonga xos xursandlik, xafalik, qörquv, hayajon kabi barça hissiyotlarni anglay oladi. Pepper vaziyatdan kelib çiqib, hazilga kulgi bilan javob berişi yoki xöjayiniga taskin berişi mumkin. U şuningdek, mustaqil ilm oliş qobiliyatiga ham ega.
Yaponiya hukumati mamlakat iqtisodiyotning uşbu sohasida jahonda yetakçilik qilişidan umid qilgan holda, robotlar işlab çiqiş va ularni keng joriy qilişni qöllab-quvvatlab keladi. Xususan, kibernetika uskunalarini işlab çiqariş sohasiga joriy etayotgan firmalarga davlat byudjyetidan subsidiyalar ajratiladi.






