Armaniston hukumati, Şanxay hamkorlik taşkilotida kuzatuvçi maqomini olişni rejalaştirayapti. Mamlakat taşqi işlar vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar qilmoqda.

TIV ma'lumotlariga köra, Armaniston taşqi işlar vaziri Edvard Nalbandyan Pekinda şu mazmundagi memorandumni imzolaydi. U, 2016 yil 15 aprel kuni ikki kunlik taşrif bilan Xitoy poytaxtiga safarini boşlaydi.

Nalbandyan Pekinda XXR TIV rahbari Van I bilan muzokaralar ötkazadi. Bundan taşqari, ŞHT boş kotibi Raşid Alimov bilan ham uçraşadi.

Şanxay hamkorlik taşkilotiga Rossiya, Xitoy, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Özbekiston davlatlari a'zodir. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afğoniston kuzatuvçi maqomiga ega.

2015 yil iyulida taşkilotga Hindiston va Pokistonni qabul qiliş jarayoni boşlangan edi. Hozirda, ŞHTga Özbekiston respublikasi raislik qilmoqda.