Aloqa operatori Beeline Beninda rouming geografiyasini kengaygani haqida xabar beradi. Etisalat kompaniyasi bilan imzolangan şartnomalar natijasida, Beeline abonentlari CAMEL-rouming xizmatidan foydalanişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, CAMEL-rouming xizmati istalgan musbat balansda, ya'ni abonent balansi $0 ga teng bölguniga qadar $50 kafolatli badalsiz “Beeline” aloqasidan foydalaniş imkonini beradi. Bunda hisobdagi mablağ real vaqt rejimida yeçib olinadi. CAMEL -rouming aktivlaştirişni talab qilmaydi, çunki xizmat telefonda avtomatik tarzda yoqilgan. Xizmatdan oldindan tölov tizimidagi tarif rejalaridan foydalanuvçi abonentlar - jismoniy şaxslar hisoblarida istalgan musbat qoldiq bölganida foydalanişlari mumkin.






