«Çelsi»ning sobiq futbolçisi, ayni vaqtda «Monreal Impekt» jamoasi a'zosi hisoblanadigan Dide Drogba Angliyadagi Daily Mail gazetasini sudga bermoqçi.
Bu naşr Drogba tomonidan oçilgan xayriya fondi faoliyati böyiça jurnalistik tekşiruv ötkazgandi.
38 yoşli futbolçi Kot-d′Ivuarda bolalar şifoxonasi quriş hamda mamlakatdagi muhtojlar ta'limi uçun yordam beriş maqsadida xayriya mablağlari yiqqandi.
Daily Mail ma'lumotlariga köra, yiğilgan 14 mln funt mablağdan faqat 1,7 million funti xayriya maqsadlari uçun sarflangan.
Drogbaning fondi dunyo sporti va şou-biznes vakillari tomonidan qöllab-quvvatlanadi. Xususan, musiqaçi Bono, «Çelsi»ning sobiq futbolçisi Frenk Lempard, uning rafiqasi, teleboşlovçi Kristin Blikli, Pele, Jon Terri, Rodjyer Federer va Roman Abramoviç.
Drogba özining instagramdagi sahifasida Daily Mail gazetasini sudga bermoqçiligini aytgan.
U öz xabarida bu naşr «afrikalik minglab bolalarning hayotini xavf ostida qoldirgani» haqida qöşimça qilgan.
Statement : pic.twitter.com/RP1dUd73Rb
— Didier Drogba (@didierdrogba) 14 aprelya 2016 g.






