Turk vani zotidan hisoblanmiş ikki xil rangli közga ega muşuk internet foydalanuvçilari e'tiboriga tuşdi. Surati namoyiş etilgan muşukning bir közi kök, birisi esa yaşil ranglidir. Internetning yangi qahramoni Aloş deb nomlanadi. U Turkiyada yaşaydi.
Daily Express gazetasi jonivorni dunyodagi eng çiroyli muşuk emasmi, deb savol bergan. Daily Mail esa uni eng jozibali deb hisoblagan hamda taşqi körinişini “gipnoz ta'siriga ega”, deb baholagan.
Aloşning közlari geteroxromiya xastaligiga çalingan. Uning kök közida melanin pigmenti yetişmaydi. Muşukning egasi Burju Qaynoqning sözlariga köra, “Barça birdek Aloşni yaxşi köradi”.









