MINI kompaniyasi sedan kuzovida model yaratmoqçi. U bu sinfdagi eng kalta va britan markasining yangi uslubiyatida bajarilgan, ya'ni jiddiyroq va "multfilmsimon" bölmagan yangi maşinalaridan biri böladi, deb xabar bermoqda Autocar naşri. Naşr yangi maşinaning renderini ham tayyorladi.
Bu ma'lumotning rasmiy tasdiği mavjud emas. MINI’dagi manbalarning aytişiça, sedanning işlab çiqarilişi va yangi körinişga ötiş markani rivojlantirişning bir variantlaridan hisoblanadi. Kompaniyaning yangi modellarni işlab çiqariş böyiça rejasiga hammasi bölib 5-6 ta maşina kirgan.
Endi uç va beş eşikli avtomobilning yangi avlodi, kabriolet va Clubman universali debyutidan keyin kompaniya yana bitta yoki ikkita model – yangi avloddagi Countryman yöltanlamasi va sedan namoyiş qilişi qoldi.
Yangi sedan MINI’ning barça yangi modellari va BMW’ning oldi privodli modellarida qöllangan UKL platformasida yaratiladi. Ğildiraklar bazasi ölçami ötgan yili çiqqan Clubman universaliniki bilan taxminan bir xil, ya'ni 2670 mm böladi. Sedanning uzunligi 4300 millimetrni, ya'ni "Klabmen"dan 47 mm ga uzonroq böladi.
Şu tariqa MINI sedani Audi A3 yoki Mercedes-Benz CLA sedanidan qisqaroq bölişi mumkin. Britan markasining yangi modeli bu sinfdagi eng kalta sedan bölişi kerak.
Taxminlarça, sedan Riley yoki Triumph nomini olişi mumkin, bu nomlarga huquq MINI egasi BMW kompaniyasiga tegişlidir. Şimoliy Amerika va Xitoy sedan uçun ustuvor bozorlar böladi. Biroq maşina butun dunyo böylab sotiladi. Maşina debyuti qaçon bölib ötişi noma'lum qolmoqda.






