Rossiya prezidenti Vladimir Putindan uning an'anaviy "bevosita muloqot"i çoğida AQŞdagi prezidentlik saylovlari xususida fikrini bilişga qiziqişib, Hillari Klinton va Donald Trampdan qaysi biri yomonroqligi haqida savol bilan murojaat qilişdi.
«Biz yomon emas, yaxşilarini qidirişimiz kerak. Tariximizda, özaro qalin hamkorligimiz natijasida yaxşi natijalarga erişgan paytlarimiz köp bölgan. Bugungi kunda ham şunday misollar bor», — degan Rossiya rahbari.
AQŞ bilan hamkorlikda terrorizmga qarşi kuraş şunday misollardan biridir.
Şu bilan birga, Putinning qayd etişiça, AQŞ rahbariyati, kuç va imperialistik istaklari nuqtai-nazaridan siyosat olib bormasdan, hamkorlari, jumladan Rossiyaga nisbatan hurmat bilan munosabatda bölişi kerak.






