14 aprel kuni Qirğiziston parlamenti deputatlari kuni qonun çiqaruvçi organning yangi raisi böyiça ovoz berişadi. Bu haqda TASS agentligi parlament matbuot xizmati ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
"Xalq vakillarining aksariyati şunday qarorga kelişdi", - deyiladi matbuot xizmatida.
Ayni masala, parlamentning bugungi majlisi kun tartibiga kiritiladi.
Parlamentning "Kirgizstan" fraksiyasi vakillari spikerlik lavozimiga yetakçilari Kanat Isayevni ilgari surişgan. "Onuguu" (taraqqiyot) partiyasining parlamentdagi fraksiyasi ham öz vakili Bakit Torobayev nomzodini spikerlikka tavsiya etan.
Umuman, Qirğiziston respublikasi parlamenti tarkibida oltita fraksiya mavjud, ularning törttasi koalitsiyaga birlaşib, parlamentda köpçilikni taşkil etadi.
Parlamentning avvalgi spikeri Asilbek Jeenbekov akasi Sooronbay Jeenbekovning mamlakat boş vaziri lavozimiga tayinlanişi munosabati bilan öz hohişiga köra lavozimidan iste'fo bergan edi.






