Özbekiston respublikasining favqulodda va muxtor elçisi Javhar Izamov özining Turkmanistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda. Şu munosabat bilan, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Javhar Izamovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz.
Muloqot çoğida, elçi Turkman davlat rahbariga turkman-özbek munosabatlarini rivojlantirişda kömak berganligi uçun minnatdorçilik izhor qilib, faoliyati davomida uning doimiy qöllab-quvvatlaşini his etib turganini bildirgan.
Javhar Izamovning qayd etişiça, Özbekistonda, Aşxobodning mintaqa hamda global miqyosda tinçlik va barqarorlikni mustahkamlaşga qaratilgan xalqaro taşabbuslariga yuqori baho berişadi.
Turkmaniston davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedov öz navbatida, Turkmaniston yonqöşnilari, xususan Özbekiston bilan döstona munosabatlarini mustahkamlaşga jiddiy e'tibor berayotganini qayd etib, mamlakatlarni nafaqat bir mintaqada joylaşuv, balki tarixiy ildizlarining birligi, tili va madaniyatlarining öxşaşligi, ikki oğa-ini xalqlarning urf-odatlari ham birlaştirib turganini eslatib ötdi.
Gurbanguli Berdimuhamedov, turkman-özbek muloqotining tenghuquqli va özaro manfaatlar asosida rivojlanişiga qöşgan şaxsiy hissasi uçun Javxar Izamovga minnatdorlik izhor qildi.
Uçraşuv çoğida, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişning kelgusi istiqbollari xususida fikr almaşilgan. Bunda, savdo-iqtisodiy, yoqilği-energetika, transport va kommunikatsiya, qişloq xöjaligi va turizm sohalariga e'tibor qaratildi. Şu bilan birga, gumanitar sohada, madaniyat, fan va ta'lim yönalişlarida hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilingan.
Davlat rahbari va özbek diplomati, ikki qöşni davlat, ularning birodar xalqlari manfaatlariga birdek javob beruvçi özaro samarali hamkorlik yanada rivojlanişiga işonç bildirdilar.






