Angolaning «Sonangol» davlat neft kompaniyasi Kvanza daryosi havzasida yirik neft va gaz konini topişga muvaffaq bölgan. Uning zaxirasi 2,2 mlrd barrel neft ekvivalentiga tengligi aytilmoqda.

TASS axborot agentligining xabar qilişiça, VR plc bilan hamkorlikda burğilaş işlari olib borilayotgan 24 blokning zaxirasi 1,7 mlrd barrel neftga teng. «Sonangol»ning öziga tegişli 20 blok zaxirasi esa, — 570 mln barrel neft ekvivalentida baholanmoqda.

Afrika mintaqasida neft qazib oliş hajmi böyiça, Angola Nigeriyadan sönggi ikkinçi örinda turadi.