Germaniyaning Maynts universiteti fiziklari bir atom yoki iondan iborat yoqilği dvigatelini ixtiro qilişdi. Elektron ion garmonik tebranişlar hosil qiliş uçun issiqlik energiyasidan foydalanadi. Maşina samaradorligi 0,28 foizni taşkil etadi. Uşbu tadqiqot Science juranalida e'lon qilingan.

Olimlar bunday qurilmani yaratiş uçun kalsiyli ionni kvadruopolli maxsus qulfga tuşirişdi. Kvadruopol — tört xil turli quvvatlantiruvçi majmua bölib, u ionlarni uşlaşga möljallangandir. Ion dvigatelning işçi bölagi hisoblanadi. Şu bilan birga maşinaning işlaşi uçun muzlatgiç va qizdirgiç ham kerak böladi. Olimlar muzlatgiç sifatida lazerli muzlatiş tizimidan foydalanişdi. Bu örinda qizdirgiç bölib elektr maydonining fluktuatsiyasi rol öynadi.

Tebranuvçi elektr maydoni muzlatgiç doimiy ravişda işlab turganida öçib-yondi. Aylaniş jarayonida ion yana “qizib”, özgarişga uçraydi va öz quvvatini yanada oşiradi. Söngra fluktuatsiya öçişi bilan yana avvalgi holatiga qaytadi. Bunday dvigatelning quvvatini 10-22 joul etib belgilangan.