Germaniyada 5 yevro qiymatidagi tangalar paydo böldi. Tanganing mavzusi – “Yerning moviy tabiati”, deb xabar beradi Deutsche Welle.
GFRning Moliya vazirligi xabarlariga köra, 14 apreldan boşlab tangalarni Bundesbank (mamlakatning Markaziy banki) filiallari va boşqa kredit muassasalaridan oliş mumkin.
Vazirlikda qayd etilişiça, 5 yevro qiymatidagi yangi tanga faqatgina Germaniyada emas, balki butun Yevropa Ittifoqi hududida qonuniy tölov vositasi sifatida tan olindi.
Tangalar innovatsion texnologiyalar yordamida zarb etilgan.
“Tanganing içida yoruğlik taratayotgan moviyrang polimer uzuk bölib, u içki metall doirani taşqisidan ajratib turadi”, — deb yozadi Deutsche Welle.
Taxminlarga köra, kelajakda boşqa tangalar işlab çiqarişda ham uşbu texnologiyadan foydalaniladi. Bu esa, öz navbatida, qalbaki tangalar işlab çiqaruvçilarga qarşi kuraşişga yordam beradi.
Germaniyada Markaziy bank umumiy hisobda 2,25 millionga yaqin şunday tangalarni zarb etişni rejalaştirgan. Ulardan 250tasi börtib çiqilgan bölib, ularni işlab çiqarişda maxsus “közguli yoğdu” texnologiyasidan foydalanilgan va barçasi kolleksionerlar tomonidan sotib olingan.






