Özbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Qozoğiston respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev 14 aprel kuni amaliy taşrif bilan Özbekistonga keldi.
Toşkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston respublikasi boş vaziri Şavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Qisqa suhbatdan söng Qozoğiston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.
Taşrifning asosiy tadbirlari 15 aprelda bölib ötadi.
Avval xabar qilinganidek, muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uçraşuvda davlat rahbarlari Özbekiston va Qozoğistonning turli sohalardagi özaro hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollarini, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilişadi.






