Özbekiston Respublikasining 2015 yil 31 dekabrdagi “Soliq va byudjyet siyosatining 2016 yilga möljallangan asosiy yönalişlari qabul qilinganligi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonuni bilan Soliq Kodeksining 39 ta moddasiga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Xususan, Soliq kodeksining 114-moddasi 1-qismiga kiritilgan özgartirişlarga asosan, kirim qilinmagan tovarlar uçun qöllaniladigan moliyaviy jarima miqdori kirim qilinmagan tovarlar summasining 20 foiziga kamaytirildi, bundan ularning qonuniy kelib çiqişi tasdiqlangan hollar mustasno. Oldin uşbu moliyaviy jarima summasi kirim qilinmagan tovarlar summasining 100 foizi miqdorida qöllanilar edi.

Şuningdek, Respublikada hujjatlar aylanmasiga elektron hisob varaq-fakturalarni keng joriy etiş uçun tegişli normativ-huquqiy bazani yaratiş va elektron hisob varaq-fakturani qoğozdagi hisob varaq-fakturaga tenglaştiriş maqsadida, Soliq kodeksining 222-moddasiga tegişli qöşimça kiritildi.

Jumladan, 2016 yil 1 yanvardan boşlab xizmatlar sohasidagi mikrofirma va kiçik korxonalar yagona soliq tölovini 5 foizlik stavka bilan tölaydilar. Ilgari uşbu stavka 6 foizni taşkil qilar edi. Ularning soliq yuki sanoat va quriliş korxonalarinikiga tenglaştirildi. Yagona soliq tölovi stavkasining pasaytirilişi taxminan 60 mlrd. sömni xizmatlar körsatuvçi kiçik biznes korxonalari tasarrufida qoldirişga imkon yaratdi, bu mablağlar korxonalarni texnik va texnologik qayta jihozlaşga yönaltirişi mumkin.

Bojxona rasmiylaştiruvi böyiça xizmatlar körsatuvçi yuridik şaxslar, ya'ni bojxona brokerlari uçun yagona soliq tölovi stavkasi ham 2015 yildagi soliq stavkasiga nisbatan 1 foizli punktga pasaytirildi va 5 foiz qilib belgilandi.

Jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği şkalasidagi eng kam iş haqining 1 baravaridan 5 baravarigaça bölgan stavkasi 1 foizga pasaytirildi. 2016 yil 1 yanvardan u 7,5 foizni taşkil qiladi. 2015 yilda uşbu stavka 8,5 foizni taşkil qilar edi.