Sharp kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan robot-smartfon sotuvga tayyor böldi.
2015 yilning kuzida Yaponiyaning Sharp kompaniyasi odamsifat robot qiyofasidagi ajoyib RoboHon smartfonini namoyiş qilgandi.
Ungaça heç bir kompaniya bunday qadam qöymagandi, şuning uçun qurilma köplab ijobiy fikrlarga ega bölgan, uni qölga kiritişni istovçi iştiyoqmandlar ham talaygina. Mana nihoyat robosmartfon sotuvga çiqişga tayyor, ammo yangi qurilmaning bahosi köpçilikni hayratga soladi va şu bilan birgalikda kayfiyatini tuşiradi. Smartfon va minirobot gibridi 198 ming iyen, ya'ni 1800 dollarga teng. Bu pullar evaziga aqlli RoboHon ertalab uyğotadi, egasi bilan gaplaşadi, rejalaştirilgan işlar haqida xabar beradi, poçtani va xabarlarni tekşiradi, yuradi, raqsga tuşadi, egasining yaqinlarini taniy oladi va zarurat tuğilganda, ularni suratga ham tuşiradi.

Gadjyetni ovozli buyruq yordamida boşqariş mumkin. Masalan, undan suratga yoki videoga oliş, ob-havo haqida ma'lumot beriş yoki qönğiroq qilayotgan odamning ismini aytişni söraş mumkin.
RoboHon'ning asosiy funksiyasi - foydalanuvçining yaqin dösti böliş hisoblanadi. Robosmartfon 320x240 pikselli 2 dyuymli displey, 1,2 GGts çastotali Snapdragon 400 tört yadroli çip, 2 GB operativ va 16 GB fleş-xotira, 8-Mp kamera, HD-proyektor, OS Android 5.0 va 1700 mAç akkumulyatorga ega. Aloqa uçun LTE/3G, Wi-Fi i Bluetooth qöllab-quvvatlaydi. Sotuvlar Yaponiyada şu yilning 26 mayidan yölga qöyiladi.

















