Odam savdosiga qöl urgan şaxslardan biri — B.Yangiboyeva (ism-familiyalar özgartirilgan) farzandini sotganligi haqida SVOJJDLQK departamentining Termiz şahar bölimiga tezkor ma'lumot kelib tuşdi. Bu haqda “Huquq” naşri yozmoqda.

Töplangan hujjatlar örganilganda, B.Yangiboyeva viloyat perinatal markazining qabul bölimiga kelib, bola tuğilişi bilan boğliq hujjatlarni fuqaro Z.Gulmirovaning pasportidan foydalangan holda rasmiylaştirib, dunyoga keltirgan farzandini uşbu şaxsga 2 mln. sömga sotib yuborganligi aniqlandi.

Yuqorida qayd etilgan holat böyiça fuqaro B.Yangiboyevaga va boşqalarga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, sud hukmi bilan jazo muqarrarligi tayinlandi.