Armaniston Şanxay hamkorlik taşkilotining hamkori maqomiga ega böldi. Taşkilotning boş qarorgohida, taşkilot boş kotibi Raşid Alimov va Armaniston taşqi işlar vazir Edvard Nalbandyan tegişli memorandumni imzolaşdi.
"Armaniston respublikasiga muloqotdagi hamkori maqomini beriş töğrisidagi memorandumning imzolanişi, taşkilot va Armaniston munosabatlarini yangi bosqiçga çiqarişda huquqiy asosni yaratib beradi. ŞHT zamonaviy talablar va tahdidlarga qarşi birgalikda kuraşiş samaralarini amalda körsatib bermoqda. Bundan taşqari, iqtisodiy, gumanitar sohalardagi hamkorlik kengayib borayapti", - degan Nalbandyan.
"Armanistonning ŞHT hamkori maqomini olişi, unga taşkilotning köptarmoqli faoliyatiga qöşiliş imkonini taqdim etadi", - deb qayd etgan taşkilot boş kotibi.
Alimovning qayd etişiça, memorandumni imzolaş bilan ŞHT davlat rahbarlarining Kamboja, Ozarboyjon, Nepal va Armanistonga hamkor maqomini beriş töğrisidagi Ufa qarori ijrosi yakunlanadi.
Endilikda, 6ta davlat ŞHTning hamkori maqomiga ega. Umuman, ŞHT tarkibiga kuzatuvçi davlatlar va muloqotdagi hamkorlar maqomidagi davlatlar bilan birga 18 davlat kiradi. Köpgina davlatlar, umumiy aholisi 3 mlrdga yaqin taşkilot işida qatnaşiş istagini bildirmoqda.






