General Motors konserni milliondan köproq Chevrolet Silverado va GMC Sierra 1500 pikaplarini qaytarib oladi. Ulardan 895,2 mingtasi AQŞga, qolganlari Meksika, Kanada, Lotin Amerikasi va Yaqin Şarqning ba'zi davlatlariga ta'mirlaşga jönatiladi. Bu avtomobillarning barçasi, dilerlar omborida bölgan 3 mingtasidan taşqari, sotib bölingan.

Qaytarib olinayotgan avtomobillarda xavfsizlik kamari mahkamlagiçida nuqson aniqlangan, u servis markazida bepul almaştiriladi. Bundan taşqari, xavfsizlik kamari tortgiçlari ham tekşiriladi. Ular ham zarurat bölsa, almaştiriladi. Kompaniyada bu nuqson birorta yöl-transport hodisasi yoki jarohatlarga sabab bölmagani ma'lum qilindi.

Kompaniya şunday muammo sababli avval ham avtomobillarni çaqirtirgandi. 2015 yilda 2011-2012 model yillaridagi Chevrolet Malibu, 2014 yilda 1,3 mln dona Buick Enclave, Chevrolet Traverse va GMC Acadia krossoverlari uçun servis aksiyasi boşlanişi e'lon qilingandi.