Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan "jonli muloqot" vaqtida Putindan qişloqlarda köplab maktablar, şifoxonalar va bolalar boğçasining qisqartirilişi haqida söragan urallik fermer Vladimir Melniçenko "jonli muloqot" avvaldan rejalangan ssenariy böyiça ötganini ta'kidlamoqda. Bu haqda 66.ru portali xabar berdi.
"Menga omad kulib boqdi. Menga savol berişga imkon berilişiga heç qanday işora ham yöq edi. Jonli muloqot oldidan tadbirda bevosita iştirok etuvçilarni zalda joylaştiriş-ötqaziş böyiça ikki kun repetitsiya ötkazildi. U yerda mikrofonlar bilan yurgan qizlarda kimning yoniga boriş oldindan yozib qöyilgandi. Men u yerda dekoratsiya sifatida ötirgandim. Stsenariy böyiça, prezident umuman zalga murojaat etmasligi kerak edi. U yerda kim savol berişi, kim bermasligi oldindan belgilab qöyilgandi. Agar men "Qişloqqa ham aytişga bering!" demaganimda heç kim menga mikrofonni bermasdi ham. Biroq intizom biroz izdan çiqqandan keyin, men darhol savol beriş uçun imkoniyatdan foydalanib qoldim", deb aytmoqda Melniçenko.
Fermerning aytişiça, "jonli muloqot" rejalaştirilgan şaklda bölgan bölsa ham, Putinning özi ba'zida "yuguruvçi qatordan" savollarni tanladi, boşlovçilar esa bu vaqtda "alahlab" qolişdi.
Avvalroq Putinning 2016 yilgi "jonli muloqoti" televizion namoyişi 6,4 punktga, ya'ni 58,4 foizgaça tuşib ketgani ma'lum qilingandi. Bir yil avvalgi muloqotda rekord körsatkiç – 63,8 foiz televizion namoyiş qayd qilingan edi. 2016 yilgi Putin bilan "jonli muloqot" 3 soatu 40 daqiqa davom etdi.






