Xitoylik 3 yoşli bola oilasining noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini töxtatişni sörab kelgan nazoratçilardan “agar ularga tegsangiz men bilan gaplaşasiz”, deb öz buvisini himoya qildi.
Bolakayning bu ğaroyib harakati voqeani kuzatib turganlar tomonidan tasvirga olinib, tarmoqga yuklangan. Quyidagi videorolikda yoş uyğur millatiga mansub bolaça qöliga metall quvurni olib, nazoratçilardan buvisining biznesini tinç quyişligini talab qilgan.
Mazkur video markaziy Xitoydagi bozorlardan birida tasvirga olingan. Nazoratçilardan biri bolakayning vajohatini körib, orqaga qaytgan. Ammo boşqa nazoratçi esa bolani qölidan uşlab, tinçlantirmoqçi bölgan. Bolakay esa uni rad etib, himoyani davom ettirgan.
Köplab tarmoq foydalanuvçilari bolakay tarafida bölib, uning bu jasurligini olqişlaşgan.






