Özbekistonlik futbolçi Odil Ahmedov töp suradigan "Krasnodar" klubi boş murabbiyi Oleg Kononov Rossiya çempionatining 24-turida Grozniyda mahalliy "Terek"ka qarşi uçraşuvdan keyin "Naş futbol" telekanaliga intervyusini grozniylik muxlislar axloqsizligi tufayli tugata olmadi. Uçraşuv krasnodarliklarning 0:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Kononov muxbirning faqatgina 1-savoliga javob bera oldi.
"1-bölimda biz yaxşiroq öynadik: hujumlar ham, imkoniyatlar ham böldi. 2-bölimda bizga qiyinroq böldi, "Terek" kuçli harakat qildi. Biroq biz uddalay oldik va töp ötkazib yubormadik. Biroq hujumni uddalay olmadik, sizning fikringizga töliq qöşilaman", deb aytdi Kononov.
Kononov muxbirning 2-savolini muxlislarning hayqiriqlari sababli yaxşi eşita olmadi. Keyinroq muxbirning ma'lum qilişiça, tribunalardan ular tomonga turli buyumlar uloqtira boşlangandan keyin Kononov bundan norozi bölib, stadionning mikst-hududini tark etgan.
Uçraşuvdagi yagona töpni Fyodor Smolov kiritdi. U bu goli evaziga çempionatning eng yaxşi töpurari Kvinsi Promesga ("Spartak", 13 ta gol) yetib oldi. Odil Ahmedov öyinning dastlabki daqiqalaridan boşlab oxirigaça maydonda harakat qildi va 90-daqiqada ogohlantiriş oldi.






