Yerjan Raşev ismli qozoğistonlik öz sahifasida yozişiça, u Tesla elektromobilida Qozoğistonning ikki poytaxti örtasida mamlakat tarixida ilk marotaba elektromobilda sayohat qilişga rozi bölgan. Ammo, Olmaotadan çiqişning öziga 2 soat çamasi vaqt ketib, u göyoki davlatdan-davlatga sayohat qilgandek taassurotda bölgan.
Raşevning bildirişiça, sayohatdan közlangan maqsad, energiyaning yangi manbalariga keng jamoatçilik e'tiborini jalb etiş va "Buyuk daşt mamlakati"da ham uning mavjudligini isbotlaşdan iborat bölgan. Biroq, elektrokar batareya quvvati 337 kilometrdan söng, tamom bölgan.
«Yevropada şunça masofadan keyin, elektromobillarni quvvatlantiriş stansiyasini uçratişingiz aniq, ammo quyoş taftidan qizigan qozoq daştida emas. Mittigina aholi punktlari oraliği taxminan 300 kilometrni taşkil etadi, ulardagi turmuş darajasi oxirgi yuz yilliklar mobaynida deyarli özgarmay kelmoqda», -deb hikoya qilgan sayohatçi.
Natijada, maşinani yölda uçragan köngilli haydovçi maşinasida tortib ketişga töğri kelgan. Şu yöl bilan yana 70 kilometr ortda qoldirildi. Bu vaqt içida elektromobil qayta kuperlaş usuli bilan quvvat oldi.
«400-kilometrdan boşlab, yölning sifati juda ham yomonlaşib, çuqurlar, notekisliklar maşina harakatiga tösqinlik qila boşladi. 454-kilometrda esa, qayerdandir paydo bölgan mollar tödasini urib yubormaslik uçun çuqurlikka tuşib ketiş esa, maşinaga jiddiy talofat yetkazdi. Uning ikkita ğildiragi yaroqsiz holga kelgandi. Afsuski, inson aqli va qayta kuperlaş usuli qozoq daşti oldida ip eşolmadi», – deb xulosa qiladi Raşev.
Mexanik rezinadan foydalanib bölmasligini aytib, yordamçi çaqirişni tavsiya etgan. Sayohatçilar esa, tunni yöl yoqasida ötkazişga majbur bölişgan.






