Rossiyalik gitaraçi Yelena Fomenko 17 aprelda Kuba poytaxtida oçilişi bölib ötgan 14-Xalqaro gitara tanlovida iştirok etmoqda. Havanada Rossiya, Kosta-Rika, Meksika, Ispaniya, Ruminiya va Kubadan 19 nafar iştirokçi töplandi, ular nufuzli musiqiy tanlovda boş sovrin uçun kuraş olib boradi. Rossiyalik gitaraçining sözlariga köra, bu sovrin katta konsertga yöllanma oliş imkoniyatidir.

Musiqa bayrami maşhur kubalik gitaraçilar Marko Tamayo va Hoakin Klerçning çiqişi bilan boşlandi. Taniqli mehmonlar orasida ispaniyalik Anabel Montesinos, David Martines, Haume Torrent, Eduardo Inestal, braziliyalik gitaraçi Fabio Zanon, amerikalik pianinoçi Antoni Spayri kabilar bor.

Kubadan esa Klerç va Tamayodan taşqari yana gitaraçi Eduardo Martin, Amadeo Roldan nomidagi çolğu kvarteti, maşhur Kuba sopranosi Barbara Lyanes qatnaşmoqda.

Tanlovning majburiy dasturida Kuba va Lotin Amerikasi mualliflarining pesalari, finalçilar uçun esa Hoakin Rodrigoning "Aranxues konserti" ijrosi közda tutilgan.

Musiqaçilarning ikki yilda bir ötkaziladigan bu galgi uçraşuvi kubalik gitaraçi Isaak Nikolaning 100 yoşligi (1901-1999) hamda festival raisi maestro Jyesus Orteganing 80 yilligiga bağişlanadi. 24 aprel kuni yakunlanadigan festivalning tanlov qismida uçta mukofotni topşiriş közda tutilgan: birinçi örin - 5 ming dollar, ikkinçi örin- 3 ming dollar va uçinçi örin - 2 ming dollar.

Bundan taşqari, eng yaxşi kubalik ijroçi mukofot sifatida konsert gitarasini va xorijda öqiş huquqini qölga kiritadi.