Internet tarmoğida elektromobil muxlislari uçun ajoyib tavsiyalar paydo böldi. Unda Ilon Maskning ommaviy sedani sotuvi boşlanişini kutib, toqati toq bölganlar uçun boşqa elektromobillar taqdim etilgan.

Elektromobillar olamida eng ommabop bölişi kutilayotgan Tesla Model 3 maşinasi 2017 yil oxirlaridan boşlab sotila boşlanadi. Ammo, hozirdanoq unga berilgan buyurtmalar soni 325 mingdan ortib ketgan. Biroq, bu bozorda yagona elektromobil degani emas, albatta. Tesla Model 3 sedanining raqobatçilari allaqaçon yöllarda kezib yuribdi.

BMW i3

BMW’ning bu modeli futuristik dizayn va energiyani tejovçi uzatmalar qutisiga ega bölib, bozordagi şu turdagi boşqa avtomobillarga nisbatan qimmatroq turadi.

Chevrolet Spark EV

Spark EV nafaqat, qulay va işçan, balki boşqariş ham juda yoqimli. Uni elektromobillar orasida sportkar deyiş mumkin.

Chevrolet Volt 

Volt — bu maşina gibrid bölgani uçun ham qulaydir. Batareya quvvati yordamida 85 km ni bosib ötiş mumkin bölsa, uzoq safarlarda benzinli motori qöl keladi.

Fiat 500e 

500ye — entuziastlar uçun möljallangan desa böladi. Ançagina tezkor va boşqaruvda qulay avtomobil. Afsuski, u tez quvvatlana olmaydi.

Kia Soul EV

Kia Soul EV — bir marta quvvat olgaç, 150 km yöl yura oladi. Şu bilan birga, tez quvvatlaniş funksiyasi bilan faxrlansa arziydi.

Mitsubishi i-MiEV