Terri Foks 1958 yilda Kanadada tavallud topgan. U 1977 yilda öng oyoğining tizzasida oğriq sezadi, taşxis natijalari esa suyaklarda saraton borligini körsatadi.
Şifokorlar uning oyoğini tizzasining tepa qismidan kesib taşlaşga majbur bölişadi. Oradan uç yil ötgaç yoş atlet mamlakatni okeandan okeanga qadar bölgan qismigaça yugurib ötişni maqsad qiladi. Yugurişdan maqsad — onkologik kasalliklarga qarşi kuraşiş uçun ötkaziladigan tadqiqotlar uçun jamğarma töplaş bölgan. Uning “Işonç marafoni” deb nom olgan yugurişdan maqsadi, har bir kanadalikdan bir dollardan oliş edi. U bunga bir yil davomida har kuni tayyorlanib bordi.

Terri Foks “Işonç marafoni”ni 1980 yilning 12 aprel kuni kirişdi. U bir oyoğini Atlantika okeaniga botirib, keyingisini Tinç okeaniga botirişni niyat qildi. U bir kunda 42 km. masofani bosib ötadi. Ammo kasallik avjiga çiqib, oğriq seza boşlaydi. Ammo şunga qaramay yugurişda davom etadi.

U marafonni yakunlay olmadi. Saraton eng yuqori darajaga çiqadi va u 1980 yilning 1 sentabr kuni barini töxtatişga majbur böladi. U yugurişni Tander-Bey şahrida yakunladi. 143 kunlik tanaffussiz yugurişda 5 373 km. masofani yugurib ötişga muvaffaq böldi. Jumladan, Nyufaundlend, Yangi Şotlandiya, Prints Eduard, Nyu-Bransuik, Kvebek va Ontario provinsiyalarini bosib ötadi. Oradan ön oy ötib, 23 yoşga tölmagan Terri olamdan ötadi.
1981 yilda 24 million dollar mablağ yiğiladi. Ammo eng muhimi u butun jamoatçilikni e'tiborini öziga tortişga muvaffaq böladi. Bugungi kunda Kanada va dunyoning 50 dan ortiq davlatida har yili Terri Foks nomi bilan marafon ötkaziladi. Undan tuşgan mablağlar onkologik kasalliklarni örganiş tadqiqotlariga sarflanadi.

Terry Fox Run yakka özi kampaniya taşkillaştirib eng köp mablağ yiqqan odam sifatida “Gennisning rekordlar kitobi”ga kiritilgan. Hozir uning nomidagi fondda 360 mln. dollar mablağ yiğilgan.






