Kelajakda smarfonlarning himoya ğiloflariga bugungi kundan-da köproq talab ortişi mumkin. Microsoft Research tadqiqot bölimi Avstriya amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda ğilofning yangi körinişini işlab çiqmoqda. Bu qoplama Lumia mobil apparati bilan özaro ta'sirga kirişişi uçun kam quvvat yeydigan qöşimça moslaşuvçan ekran bilan jihozlangan. Smartfon uçun ikkinçi yordamçi displey esa yangi emas. Şuningdek, ikki displeyli YotaPhone smartfoni ham mavjud bölib, biroq Redmond dasturçilari orqa tomonda ham ikkinçi ekran joylaşgani qulay emasligini ta'kidlaşmoqda.
Agar har ikkala displey ham köz oldingizda bölsa, bu boşqa gap. Loyiha mualliflarining ğoyasi böyiça, monoxromli ekran yordamida foydalanuvçi kitoblarni öqişi, xaritalarni masştablaştirişi, matnlar yozişi, kamerani boşqarişi, dasturlardagi qiziqarli ma'lumotlarni köra olişi mumkin. Bundan taşqari, undan QWERTY klaviaturasi sifatida ham foydalaniş ham mumkin.
Ma'lum bölişiça, Microsoft aksessuar haqidagi batafsil ma'lumotni joriy yilning may oyida bölib ötadigan Computer-Human Interaction anjumanida taqdim etadi.






