Samsung yangi S-seriyali Galaxy smartfonlarini taqdim etişga tayyorgarlik körmoqda. Yaqinda Samsung SM-C5000 nomi ostidagi devays hind sayti Zauba’da paydo bölgan edi, endi esa bu smartfon devaysi taniqli Geekbench ma'lumotlar bazasiga ham joylaştirildi. Saytda bölajak yangilikning ba'zi texnik xususiyatlari keltirib ötilgan. 

Unga köra, smartfon 5,2-dyuymli displey, 1,5 GGts çastotali sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 617 protsessori, Adreno 405 grafik kartasi va 4 GB tezkor xotiraga ega böladi. Samsung SM-C5000 Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimi ostida işlaydi.
Devaysning taxminiy bahosi 205 dollarni taşkil etadi. Debyut smartfon Samsung Galaxy C5 nomi ostida işlab çiqarilişi mumkin. Miş-mişlarga köra, Samsung C7000 (Galaxy C7) ustida iş olib borilmoqda.
Samsung Galaxy S-seriyali smartfonlari Xitoy bozorlarida şiddat bilan işlab çiqilmoqda, biroq devayslar sotuvi faqatgina Xitoy bilan çeklanib qolmaydi. Samsung smartfonlarining yangi tarmoqlari haqida boşqa batafsil ma'lumotlar yöq.