Android mobil OT uçun viruslarning umumiy soni ötgan yilga nisbatan 40 foizdan oşdi. Bu haqida Semantec kompaniyasi tarmoğining tahdidlar böyiça yillik hisobotida xabar berildi.

Ma'lum bölişiça, 2015 yilda viruslar bilan 14 mingga yaqin Android-qurilmalar zararlanganligi qayd etilgan. iOS-qurilmalari bilan taqqoslansa, ularda viruslar sonining ortişi bor-yöği 9 foizni taşkil etadi. Mutaxassislarning fikriça, Google operatsion tizimi dunyodagi köplab viruslarga sababçi böldi.

Bundan taşqari, mutaxassislar nolli kun zaifligining soni ham ösayotgani haqida xabar berişdi. Ularning soni 2014 yil bilan qiyoslaganda 125 foizga (54ta zaiflik) ortgan. Ularning köpçiligi Internet Explorer va Adobe Flash Player’da keng tarqalgan. Bundan taşqari, eng köp tarqalgan 5ta zaiflikning 4tasi aynan Flash Player’da topilgan.