Apple kompaniyasi 2016 yilning 1-çoragida 42 mln dona iPhone sotgan, bu esa 2015 yilning 4-çoragidagi körsatkiçdan 43,8 foiz kamroqni taşkil qiladi. Bu haqda TrendForce kompaniyasi tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Fortune naşri xabar bermoqda.
Şuningdek, 2016 yilning 1-çoragida smartfonlar savdosi 2015 yilning 1-çoragiga nisbatan 12 mln donaga kamayib ketgan. Öşanda 55 mln ta smartfon sotilgandi. TrendForce tahlilçilarining ta'kidlaşiça, iste'molçilarning ayfonlarga qiziqişining pasayişiga qurilmalardagi funksionallikning sezilarli kengaytirilişi yöqligi sabab bölgan.
Şu tariqa, Apple’ning smartfonlar bozoridagi uluşi avvalgi çorakdagi 20,9 foizga qarşi 14,4 foizni taşkil qilmoqda. Kompaniya bir yil avval bozorning 19,9 foizini egallagan. Tahlilçilarning prognozlariga köra, kompaniya joriy yilda 213 mln dona smartfon sota oladi, bu esa ötgan yildagiga nisbatan 10 foiz kamroqni taşkil qiladi.






