Siz xoh talaba böling, xoh oddiy işçi yoki yirik tadbirkor – duşanba kuni iş boşlaşingiz oson bölmasa kerak.
Quyidagi oddiy tavsiyalar yordamida "oğir duşanba"ni nafaqat yengillaştiriş, balki unumliroq qiliş ham mumkin.
Deyarli barçamiz dam oliş kunlarini intiqlik bilan kutamiz. Şubhasizki, dam oliş kunlari hordiq çiqariş uçun juda muhim. Biroq aynan biz hafta davomida bajaridigan işimiz evaziga maoş olamiz, maqsadimizga yaqinlaşamiz. Duşanba ajoyib iş haftasining avvali bölişi mumkinligini doim ham anglayvermaymiz. Xöş, duşanba kunlari mehnat qilişga odam özini qanday undaşi mumkin? Quyida yodda saqlaş faqat foyda keltiradigan 5ta maslahat keltiriladi.
1. Yakşanba kuni uxlaşga ertaroq yotiş

Duşanba kuni işdan çindan ham zavq oliş uçun yaxşilab dam olişga ulguriş juda muhim. Albatta me'yorida uxlaşga harakat qiling, ayniqsa dam oliş kunlarida. Duşanba kuni kötarinki ruhda iş boşlaş uçun yakşanba kuni kamida töqqiz soat uxlaş zarur. Bu kuningizni, ayniqsa tongni, butunlay özgartira oladi. Yaxşi dam olsangiz yangi hafta boşlanganiga xursand bölasiz.
2. Işlarni avvaldan rejalaştiriş

Köpçilik duşanba kuni nima bilan şuğullanişini tasavvur ham qila olmaydi. Hafta davomida nima bilan şuğullanişini birinçi iş kuni boşlangandan keyingina öylay boşlaydi. Öz işiga “muhabbat” uyğotişning işonçli usuli bu – dam oliş kunlaridayoq haftani rejalaştirib qöyiş. Tuzilgan grafik sizni muhim işlar kutayotgani eslatadi va tongda uyğonişga istak tuğdiradi.
3. Nega işlaşga xohiş yöqligini tuşunişga urinib köriş

Nafaqat duşanba, balki boşqa kunlari ham mehnat qilişga iştiyoq yöqligini his qilganmisiz? Şunday bölsa, buning sababini aniqlaş joiz. Balki erkin işlaşingizga işxonangizdagi muhit xalal berar? Balki könglingiz notinçdir? Muammoni aniqlagaç, unga yeçim topişga urinib köring. Masalan, öta toliqqan bölsangiz, ta'til olarsiz? Köngiloçar maşğulot, hobbi bilan şuğullaniş ham stresslardan himoya qiladi.








