AQŞ Davlat departamenti vakili Jon Kirbining ma'lum qilişiça, AQŞ Davlat kotibi Jon Kerri Misr va Saudiya Arabistoniga taşrif uyuştiradi.

Uning aytişiça, Kerri 20-21 aprel kunlari Qohira va Ar-Riyodda böladi.

Kirbining qayd etişiça, 20 aprel kuni Kerri Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy bilan hamda misrliklar taşqi işlar vaziri Sameh Şukri bilan uçraşib, ikki tomonlama hamda hududiy masalalarda muzokara ötkazadi.

Şundan söng, davlat kotibi AQŞ prezidenti Barak Obama bilan birgalikda Fors körfazi hamkorligi kengaşi sammitida iştirok etiş uçun Ar-Riyodga boradi.