Fuqaro 1985 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan Zuhriddin Murodov (ism-familiyalar özgartirilgan)özining ğarazli maqsadlarini amalga oşiriş uçun öz mansab vakolatidan foydalangan holda 2000 yilda tasdiqlangan “Özbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritiş tartibi töğrisida”gi Nizomning ayrim bandlariga zid ravişda bir neçta ma'suliyati çeklangan jamiyat rahbarlari bilan jinoiy til biriktirgan holatda, jamiyat quriliş mollari va jihozlaş uskunalarini sotib oliş işlari uçun heç qanday tegişli smeta hujjatlarisiz 2013 yilning 3 iyul kunida 36 oy muddatga, 12 oy imtiyozli davr bilan yillik 15 foiz ustama haq tölaş şarti asosida 300000000 sömlik kredit mablağlari ajratiş töğrisidagi kredit şartnomasini imzolaydi, deb yozadi “Ogoh” naşri.

Soxtalaştirilgan hujjatlarga asosan ajratilgan uç yuz million sömning 7200000 sömi şlakoblok ğiştlari uçun şu yilning ön ikkinçi iyul sanasi bilan “Zarafşon quriliş servis” MÇJga, 70898000 sömi alyumin rom va vitrajlar uçun ham xuddi şu sana va unga qöşimça qilib yigirma beşinçi iyul sanasi bilan ham ikki marotabalik hisob fakturasi bilan “Turon Kafolat Plast” xususiy korxonasiga ötkazilganligi haqida hujjat soxtalaştirildi.

Bundan taşqari, ajratilgan kredit mablağlaridan yana 21200000 sömni yuqoridagi sana bilan sement mahsulotlari uçun “Noyan Plus” MÇJga, 28490000 sömni esa şu sana bilan “profnastil” tom yopiş moslamalari oliş uçun “Başiyan S.G.” xususiy korxonasiga, 6 300 000 sömi esa şu yilning ön yettinçi iyul sanasidagi hisob fakturasi bilan, ğişt mahsulotlari uçun, “Yalanğoç ğişt zavodi” MÇJga ötkazilganligi töğrisidagi hujjatlar rasmiylaştirildi. Bu ham yetmaganidek, yuqorida körsatilgan sana böyiça yana 45000000 söm pul mablağlari asfalt-beton mahsulotlari uçun “Artkon Stroy” MÇJga ötkazilganligi töğrisida ham soxta hujjat rasmiylaştiriladi. Qolgan 23606885 söm temir va temir mahsulotlari sotib oliş uçun, 100000000 söm quriliş materiallari sotib oliş uçun 34300000 söm ham yana temir mahsulotlari va panjaralar uçun, 15000000 söm esa bojxona atrofini tekislaş va texnik xizmatlar uçun “Kort”, “Ruslan baraka”, “Dovud parvoz” va “Silver ving biznes” MÇJlariga ötkazib berilganligi haqida hujjatlar rasmiylaştiriladi.

Z.Murodov yana mansab vakolatidan foydalangan holatda xususiy tadbirkor Muhiddin Isroilovga Qozoğiston Respublikasidan katta miqdorda un mahsulotlari keltirib berişni va'da qilib, uning 39000 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini ham özlaştirib oladi.

Keyinçalik uning işonçiga kirib 10000 AQŞ dollar miqdoridagi pullarini qaytarib oliş şarti bilan qaytib beradi va biroz fursat ötib yana qaytarib oladi. Bunga ham yetarliça vaj-karsonlar töqib, tadbirkor M.Isroilovning ham qöyninin puç yonğoqqa töldiradi.