Amerikalik olimlar inson tanasini tölaqonli internetga ulaş tajribasi "Matritsa" filmidan olingan xayolot emas, balki haqiqat ekanini isbotlaşdi. Gap tananing göşt qismi va qoni orqali simsiz tölqinlar uzatilgani haqida bormoqda.

AQŞning Urban-Şampeyn şahridagi Illinoys Universiteti tadqiqotçilari insonning simsiz internetga ulaniş zvenosi bölişiga imkon beradigan usulni işlab çiqişgani haqida e'lon qilişdi.

Tajribalar mobaynida olimlar çöçqa göşti orqali axborot tarqatiş tezligini soniyasiga 30 Mbitgaça çiqara olgan.

Hozirgi vaqtda, inson tanasi içiga örnatilgan tibbiy jihozlar 350 kGts radiotölqinda işlaydi. Signal kuçi, tana a'zolari va muskul hujayralarida qarşiligi sabab sekinlaşadi.

"Signal kuçini sezilarli oşirişning hozirça imkoni mavjud emas. Qurilmaning qizib ketişi, tananing kuyişiga olib kelişi mumkin", deyiladi Kornell universiteti kutubxonasida e'lon qilingan maqolada.

Tajriba doirasida biologlar, okeanostida sifatli axborot almaşinuviga imkon beruvçi ultratovuşli aloqa qurilmasidan foydalanişmoqda.

Umuman, inson tanasining tarkibi dengiz suviga öxşaşligi bu kabi qurilmalardan foydalanişga imkon bermoqda.

Olimlarning işonç bildirişlariça, ularning kaşfiyoti birinçi galda tibbiyot sohasida qöl keladi.